09:29 / 10.05.2018
11390

Isroil Suriya hududidagi o‘nlab harbiy obektlarga hujum qildi

Foto: REUTERS/Alaa al Faqir

Isroil raketalari Suriyadagi bir nechta harbiy obektlar va o‘q-dorilar omborlarini aniq nishonga oldi. Bu haqda Suriyaning “Sana” milliy agentligi harbiy manbaga asosan ma'lum qildi.

"Isroil raketalari bir nechta harbiy obektlar va o‘q-dori omborlarini aniq nishonga oldi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, “Sana”ning boshqa bir xabariga ko‘ra, Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari Isroilning o‘nlab raketalarini urib tushirgan, ularning aksariyat qismi nishonga tegmagan. 

Aniqlik kiritilishicha, boshqa raketalar "havo hujumidan mudofaa kuchlarining ba'zi raschyotlari (bitta zambarak yoki pulemyotni boshqaruvchi jangchilar guruhi), radar va o‘q-dorilar omborlarini yo‘q qilgan".

Isroil Mudofaa armiyasi xabar berishicha, Isroil aviatsiyasi Eronning Suriyadagi o‘nlab ob'yetlari va Suriya Arab Respublikasi hukumat kuchlarining havo hujumidan mudofaa batareyalariga hujum qilgan. Bu tungi vaqtlarda berilgan raketa zarbasiga javob bo‘ldi.

Isroillik harbiylarning ta'kidlashicha, so‘nggi yillar ichidagi eng keng ko‘lamli amaliyotlardan birida ishtirok etgan barcha samolyotlar o‘z bazalariga muvaffaqiyatli qaytib keldi, bunga sabab bo‘lgan raketa zarbasi esa Isroilga yo‘qotishlar keltirmagan.

"Isroil Mudofaa armiyasi Eronning Suriya hududidagi “Al-Quds” tuzilmalariga tegishli o‘nlab harbiy obektlarga hujum qildi", - deyiladi vaziyat haqidagi harbiy ma'lumotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron kuchlari Isroil pozitsiyalariga raketa zarbasi bergandi.

Mavzuga oid
Top