18:26 / 24.05.2018
158912

Obid Asomov rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Foto: Afisha.uz

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Agzamovich Asomov «Multiplikatsion filmlar studiyasi» DUK direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekkino» milliy agentligi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi «Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ 3176- sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi «O‘zbekkino» Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 1030-sonli qarorlariga asosan «Multiplikatsion filmlar studiyasi» DUK tashkil etilgandi.

Obid Asomov 1963 yil 22 oktabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida tavallud topgan. 1993 yilda «Obid-A» teatrini tashkil qilgan. O‘zbekiston va xorijda mashhur qiziqchi, iste'dodli aktyor sifatida tanilgan.

Mavzuga oid
Top