14:21 / 24.09.2018
9841
Reklama

YesChina – Xitoyda ta'lim olib, bakalavr bo‘lish imkoniyati

Ushbu o‘quv muassasasi orqali Xitoy o‘quv yurtlarida grant asosida (bepul) o‘qish uchun qo‘shimcha shartlar, ya'ni, xitoy tili darajasini aniqlovchi HSK imtihonidan 5 baho olishi, o‘quv fanlaridan baholari 85 foiz, darslarga qatnashishi 90 foiz bo‘lishi shart!

Agar ushbu talablarni bajara olmasangiz, unda o‘qishingiz to‘lov-shartnoma asosida bo‘ladi, yotoqxona va boshqa masalalarda ham xarajat kelib chiqishi mumkin.

Foto: Xinhua

Bugungi kunda Xitoyda ta'lim olish nufuzli va bir muncha foydali hisoblanadi. Sababi, Xitoy so‘nggi yillarda ta'lim tizimi va iqtisodiy jihatdan dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatoriga kirib ulgurdi.

Shu sababdan, bugun Xitoyda ta'lim olayotgan millionlab dunyo yoshlarini uchratish mumkin.

Endi sizda ham bu yoshlar qatorida bo‘lish va Chin yurtida oliy ma'lumot olish imkoniyati bor.

Foto: Xinhua

Qanday qilib?

YesChina sizga ana shunday imkoniyatni taqdim etadi.

Foto: ​YesChina ​

Konsalting kompaniya haqida

YesChina bu – O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Xitoy oliygohlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan konsalting kompaniya hisoblanadi.

Kompaniya hozirgi kunga qadar mingdan ortiq yoshlarni bakalavr, magistratura, doktorantura bosqichlari uchun o‘qishga yuborib, ularning xalqaro diplom egalari bo‘lishida yordam berib kelmoqda.

Foto: ​YesChina ​

Xitoy tilini bilmayman

Bu endi muammo emas. Kompaniyaning «1+3» dasturi sizga xitoy tilini bir yil davomida ushbu mamlakatning Uxan shahrida o‘rganish va bakalavr diplomini olish imkoniyatini beradi.

Bo‘sh o‘rinlar soni nechta?

Ta'lim oluvchilar uchun 20 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, yoshlar xalqaro savdo-sotiq va iqtisod hamda kompyuter mutaxassisligi va texnologiyasi yo‘nalishlarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hujjatlarimni topshirish uchun qancha vaqtim bor?

YesChina konsalting kompaniyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish joriy yil sentabr oyining oxirgi sanasiga qadar davom etadi.

Foto: ​YesChina ​

Qo‘shimcha ma'lumotlarni qanday olishim mumkin?

Batafsil ma'lumot uchun telefonlar: (+99890) 919 22 00, (+99895) 199 28 00.

Reklama huquqi asosida

Top