10:06 / 25.09.2018
4620

Janubiy Koreya prezidenti Trampga Kim Chen Indan maktubni topshirdi

Foto: Nicholas Kamm/Ritzau Scanpix

Janubiy Koreya rahbari Mun Chje In KXDR rahbari Kim Chen In tomonidan yozilgan maktubni AQSh prezidenti Donald Trampga topshirdi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar bermoqda.

Avvalroq, Kim Chen In Mun Chje Inga Tramp uchun mo‘ljallangan maktubni taqdim etgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Janubiy Koreya rahbari BMTdagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha Trampga maktubni topshirgan. Xatning mazmuni hozircha oshkor etilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen Inni maqtagani xabar berilgandi.

Ma'lum bo‘lishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan uchrashuvda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In haqida ijobiy fikrlar bildirgan.

Mavzuga oid
Top