Business Insider jurnalisti Eyvori Xartmans Amazon xodimlari shikoyatlaridan keyin kompaniyaga qarashli omborlardan biriga tashrif buyurdi.
Jurnalist borgan ombor AQShning Kent shahrida (Vashington shtati) joylashgan bo‘lib, 92 ming kvadrat metrni egallaydi. Kompaniya xodimlari u yerda haftasiga 4 kun davomida 10 soatdan mehnat qiladilar.
Robotlar tovarlarni polga tushirilgan QR-kodlar bo‘yicha belgilangan joyga yetkazadi.
Robotlarning harakatlanish jarayoni
Tovarlar qutilari maxsus konveyer tasmasida qadoqlanib, o‘lchanadi.
Qutilar turli tezlik bilan harakatlanishi mumkin.
Hammasi bo‘lib omborda 3 mingga yaqin odam ishlaydi. Jurnalistning aytishicha, kompaniya xodimlari batartib va bamaylixotir ishlaganlar. U xodimlardan birortasi tanaffus qilganini payqamagan, biroq shunga qaramay odamlar xafa yoki asabiy ko‘rinmaganlar.