14:24 / 11.10.2018
12366

O‘zbekistonda umurtqa deformatsiyalarini xirurgik davolash uchun qurilma yaratildi

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti mutaxassislari tomonidan umurtqa shikastlanishlari va kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan qurilma yaratdilar. 

Qurilma umumiy o‘q bo‘ylab harakatlana oladigan qilib ulangan ikkita tayanchdan tashkil topgan bo‘lib, tishlar bilan ta'minlangan. Har bir tayanch uchi tashqi tomondan P-simon plastina bilan bikr ulangan, tayanchlardan biri rezbali sterjen ko‘rinishida bajarilgan va fiksatsiyalovchi gayka bilan ta'minlangan, ikkinchi tayanch ichki o‘q bo‘ylab rezbali kovak silindr ko‘rinishiga ega, bunda tishlar P-simon plastinalarning tashqi yuzasida bajarilgan, ichi bo‘sh tayanchda esa o‘rnatish kaliti uchun kesik bajarilgan.

Mualliflar Shohaydar Shotursunov, Sanjar Qo‘chqortoyev, Rustam Musayev, Komil Qoraqulov va Suhrob Soliyevga ushbu qurilma uchun foydali model patenti berildi.

Top