10:36 / 18.10.2018
45839

Pensiya miqdorini yoshga qarab belgilash taklif etildi

Foto: KUN.UZ

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida pensiyalar miqdorini yoshga qarab belgilash haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, pensiyadagi shaxslarning yoshi o‘tgan sari sog‘lig‘i yomonlashadi, kasalliklar ko‘payadi, shuni inobatga olib, pensiya miqdorini yoshga qarab belgilash kerak.

“Taklifim: 55 yoshli inson bilan 75 yoshli insonning salomatligida farq bo‘lgani kabi, pensiyasida ham farqi bo‘lishi, shuning uchun yoshi katta pensionerga ko‘proq pensiya berilishini joriy etish maqsadida qonunchilikka tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish lozim”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritilishi xabar berilgandi.

Top