08:16 / 22.10.2018
9615

Tramp va Erdo‘g‘an Qoshiqchi hamda Branson ishini muhokama qilishdi

Foto: Kevin Lamarque/Reuters

AQSh va Turkiya prezidentlari Donald Tramp hamda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 21 oktabr kuni kechqurun telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Anadolu Turkiya prezidentining ofisiga tayangan holda xabar bermoqda.

Tramp va Erdo‘g‘an bir vaqtning o‘zida bir nechta mavzuni muhokama qilgan. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, gap Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi, shuningdek, 12 oktabr kuni Anqara tomonidan ozod etilgan amerikalik pastor Endryu Branson haqida ketgan. Ularning suhbati tafsilotlari berilmagan.

Bundan tashqari, yetakchilar terrorizmga qarshi kurash, Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi, shuningdek, «munosabatlarni normallashtirish va ularni barcha yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirish»ga qaratilgan siyosatni tasdiqladilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya podshohi Erdo‘g‘an bilan gaplashgandi.

Top