08:57 / 29.10.2018
15130

OAV: Britaniya Qoshiqchi bo‘yicha rejalarni avvaldan bilgan

Foto: MOHAMMED AL-SHAIKH/ AFP/Getty Images

Britaniya maxsus xizmatlari Ar-Riyod muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘g‘irlab ketilishiga ruxsat berganini avvaldan bilgan. Bu haqda The Daily Express yozmoqda.

Buyuk Britaniya razvedkasidagi nomi oshkor etilmagan manbalar so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni razvedka xizmatlarining o‘zaro muzokaralari tutib olingan. Ularga go‘yoki jurnalistni o‘g‘irlash haqida buyruq berilgan, u, akademik doiralarda aytishlaricha, Ar-Riyod Yamanda kimyoviy qurol ishlatganini isbotlashni mo‘ljallagan. Buyruq «podshohga yaqin shaxslardan» biri tomonidan berilgan, biroq bu valiahd shahzoda bo‘lmagan. Shu bilan birga, jurnalist qarshilik ko‘rsatadigan bo‘lsa, vaziyatga qarab harakat qilish lozim edi.

Aniqlik kiritilishicha, Buyuk Britaniya ushbu rejalar haqida hodisadan uch hafta oldin bilgan hamda Saudiya tomoniga ularni amalga oshirmaslikni so‘rab murojaat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron prezidenti Qoshiqchi ishi bo‘yicha kutilmagan bayonot bilan chiqqandi.

Mavzu
Jamol Qoshiqchining o‘limi
The Washington Post nashri uchun ishlaydigan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirib ketgach, izsiz yo‘qoldi
Barchasi
Mavzuga oid
Top