08:56 / 12.11.2018
9722

Biznes uchun ruxsat beruvchi hujjatlar ro‘yxati 144 bandgacha qisqartirildi

Foto: 123RF

Endi erkin ravishda to‘lov tarmoqlarini yaratish, tashqi reklamani joylashtirish mumkin, biznes uchun yer olishda esa kamroq hujjatlar talab etiladi, deb yozmoqda Norma.
 
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxati amal qiladi. U «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonunni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.
 
Qabul qilingan hujjatda yangi tahrirdagi ro‘yxat qayd etilgan. Eskisi 180ta bandni o‘z ichiga olgan (rasman raqamlanishi 220-pozitsiya bilan yakunlangan, biroq 40ta pozitsiya hujjatdan ilgariroq chiqarib tashlangan edi). Endi ruxsat etish xususiyatiga ega 144ta hujjat nazarda tutilmoqda.
 
Tuzatishlarning solishtirma tahlili bilan jadvalda tanishing:

Hujjat 30.10.2018 yildan kuchga kirdi.

Top