20:30 / 22.11.2018
17035

Sog‘liqni saqlash vazirligi: Sergelida chaqaloq vafotiga emlash sabab bo‘lmagan

Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Sergeli tumanida yashovchi E.X. farzandining vafoti yuzasidan tekshiruv olib borildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, tekshiruvlar davomida E.X.ning farzandiga emlash to‘g‘ri qilingani, standartlarga mosligi, miqdori va muddati kabi jihatlari ham chuqur o‘rganib chiqilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, bola 2018 yil 24 avgustda Sergeli tumani 10-oilaviy poliklinikada bolalar shifokori N.Rasulova tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va reja asosida 2 oylikdagi emlashga ruxsat berilgan. O‘sha kuni bolaning onasi E.X farzandiga poliomiyelit va pnevmokokkga qarshi vaksinalarni olgan.

Emlash maxsus ruxsatnomasi bo‘lgan hamshira M.Salikova tomonidan amalga oshirilgan.

Bundan oldinroq Toshkentda ikki oylik chaqaloq emlashdan keyingi muolajalar lozim darajada bajarilmagani oqibatida vafot etgani, ushbu holat bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi Bosh prokuratura nazoratidaligi haqida xabar berilgandi.

Top