16:42 / 04.12.2018
8454

AlbertClock - vaqtni hisoblashga majbursiz

Zamonaviy odam maktabni tugatgan zahoti misollarni miyada hisoblamay qo‘yadi. Axir qo‘l ostida istalgan amalni yechishga yordam beradigan turli gadjyetlar bor.

G‘aroyib AlbertClock soatini yaratganlar bunga chek qo‘yib, bizni ko‘proq hisoblashga majbur qilishga qaror qilishdi. AlbertClock’ka nazar solishimiz bilan o‘zimiz bilmagan holda qo‘shish, ko‘paytirish va bo‘lishni boshlaymiz. Chunki aniq vaqtni bilish uchun u qadar murakkab bo‘lmagan bir necha matematik operatsiyalarni amalga oshirish lozim.

Soat murakkablikning 4 darajasiga ega. Mini-misollar esa har daqiqada yangilanib turadi. Dastlab AlbertClock maktab sinflari uchun mo‘ljallangan soatlar sifatida ishlab chiqarilgan edi. Biroq vaqt o‘tishi bilan g‘aroyib qurilma katta odamlar orasida ham ommalashib borayotgani ayon bo‘ldi.

Soatning minimalistik dizayni eng muhim narsa – aniq vaqtni tez hisoblashdan chalg‘itmaydi.

Mavzuga oid
Top