18:38 / 04.12.2018
12242

O‘zbekistonda yana sakkiz kishi is gazidan zaharlandi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 3 dekabr kuni Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida yashovchi S.U. (ayol) uyini isitish maqsadida o‘tin yoqib, cho‘g‘larini yotoqxonasiga olib kirishi oqibatida o‘zi va 3 nafar farzandlari is gazidan zaharlangan. Ularga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Shuningdek, joriy yilning 3 dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashovchi N.Yu. (ayol) uyida isitish pechini yoqib uxlab qolishi oqibatida, isitish pechidan sizib chiqqan tabiiy gaz isidan o‘zi va 3 nafar farzandlari zaharlangan. Ularga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Har ikkala holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo va Jizzaxda besh kishi is gazidan zaharlangani xabar qilingandi.

Top