12:11 / 12.12.2018
9094
Reklama

LG Electronics ‘dan uy va biznes uchun multizonal havo almashish tizimi

Foto: LG

Ko‘p xonali uylar yoki ofislarda xonalardagi havo almashishi muammosini qanday qilib uzun simlar bilan uy intererini buzmasdan va qo‘shimcha uskunalar bilan joyni band qilmasdan hal etish mumkin? Havo almashtirish tizimini o‘rnatish haqida o‘ylar ekansiz, tanlovni LG multi-split tizimining Multi FDX modeliga qarating.

Multi FDX multi-split tizimlaridan nafaqat sanoat va tijorat sohasida - pavilonlar, ofislar va do‘konlarni, balki xonadon yoki kottejlarni shamollatishda ham foydalanish mumkin.

Foto: LG

Multi FDX’ning ommabopligi uning ko‘p xonali binolar uchun o‘ziga xos yechim bo‘lishi bilan izohlanadi. Buning ma'nosi shundaki, tashqi blokka ulanish maxsus taqsimlash bloklari orqali amalga oshiriladi, bu esa ichki bloklar sonini 9tagacha va quvur umumiy uzunligini 145 metrgacha yetkazish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Multi FDX tashqi bloki yordamida binoda kerakli mikroiqlimni yaratishingiz mumkin. Invertor prinsipida ishlashi tizimning  xaridorgir bo‘lishini ta'minlaydi, chunki multi-split tizim aniq, bir tekis va sifatli ishlaydi. Tizim tarkibiga kiruvchi invertor kerakli shamollatish haroratiga tez va aniq erishishni ta'minlaydi hamda u butun ish vaqti davomida saqlanib turadi. Invertorning bir tekis ishlashi tufayli elektr tarmog‘idagi keskin sakrashlar va pasayib ketishlar sodir bo‘lmaydi va bu konditsionerning kutilmaganda o‘chib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Foto: LG

Maishiy konditsionerlardan farqli o‘laroq, multi-split tizimi ortiqcha joy egallamaydi va har qanday intererga mos keladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar bino dizayniga mos keladigan o‘nta turli xil konditsioner ichki bloklarini tanlashlari mumkin.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun LG mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatining 0-800 120-22-22 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Ushbu raqamga O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilish bepul. Muhimi, raqam to‘liq teriladi.

Foto: LG

Reklama huquqi asosida 

Top