22:56 / 13.12.2018
4885

Amazon o‘z ofisida sotuvchilari bo‘lmagan ilk mini-do‘konni ochdi

Amazon Go kassa va sotuvchilari bo‘lmagan avtomatlashtirilgan do‘konlar bo‘lib, u yerda xaridorlar kameralar kuzatuvida bo‘ladi, xarid qilingan narsalarni esa darhol sumkaga joylashtirish mumkin. Savdo zaliga kirish uchun smartfondagi maxsus dasturni ochib, smartfonni turniketga qo‘yish kerak. 

Bunday do‘konlarning umumiy maydoni 185 kv.m ga yaqin joyni tashkil qiladi, lekin mini formatda 41 kv.mga yaqin joyni egallaydi. Ilk kichik Amazon Go o‘z ishini Amazon’ning Sietldagi ofisida boshladi. Kompaniyada bu kabi do‘konlarni shifoxonalar va ofislarning vestibyullarida yoki “qorni och va shoshayotgan odamlar” ko‘p bo‘lgan joylarda ochish rejalashtirilmoqda.         

Kichkina hajmiga qaramay, mini-do‘konlar ham odatdagi Amazon Go do‘konlari kabi avtomatlashtirilgan sxema bo‘yicha ishlaydi. Kompaniyada bunday savdo nuqtalari modulli deb atalib, ularni yig‘ishga bir necha hafta ketishi ta'kidlab o‘tilgan.

Mavzuga oid
Top