20:45 / 15.12.2018
46268

Jahondagi eng ishonchli avtomobillar reytingi e'lon qilindi

Foto: RIA Novosti / Aleksandr Kryajyev

Toyota konserni avtomobillari jahondagi eng ishonchli mashinalar reytingida yetakchi bo‘ldi. Amerikaning CarMD kompaniyasi bu boradagi ro‘yxatini e'lon qildi.

Mutaxassislar keyingi 22 yil davomida ishlab chiqarilgan 5,6 million dona avtomobilga oid ma'lumotlarni tahlil qilib chiqishdi va har bir rusumdagi transport vositasining dvigateli ishdan chiqishi sonini hisoblab chiqishdi. Toyota konserni motorlari bu borada eng yaxshi natijani ko‘rsatdi va eng "chidamli" ekani ma'lum bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinni Acura,uchinchi o‘rinni Hyundai avtomobillari egalladi.

Yuqori beshlikka shuningdek, Honda va Mitsubishi avtomobillari kira oldi. Keyingi o‘rinlarda Subaru, Buick, Mercedes-Benz, Lexus va Nissan avtomobillari joylashdi.

Mavzuga oid
Top