10:30 / 15.12.2018
5114

Saloh – BBC talqini bo‘yicha Afrikaning eng yaxshi futbolchisi

Foto: Twitter / @MoSalah

BBC an'anaviy tarzda Afrikaning eng yaxshi futbolchisini aniqladi.

Qatorasiga ikkinchi marta bu sovrinni «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh qo‘lga kiritdi.

Finalchilar beshtaligidan «Yuventus» himoyachisi Mexdi Benatiya (Marokash), «Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali (Senegal), «Atletiko» yarimhimoyachisi Tomas Parti (Gana), «Liverpul» hujumchisi Sado Mane (Senegal) ham joy oldi.

Bu sovringa 1992 yilda asos solingan. Dastlab u afrikalik sportchilar uchun mo‘ljallangan edi. 2001 yildan boshlab, faqat futbolchilarga topshiriladigan bo‘ldi.

Top