16:41 / 18.12.2018
8474
Reklama

MEIZU va TTEC`dan ajoyib imkoniyat: Smartfon xarid qiling va sovg‘aga ega bo‘ling!

Foto: MEIZU

MEIZU brendi TTEC kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘z mijozlariga yangi syurpriz tayyorladi.

Hozirgi kunda smartfonsiz yurish qo‘lsiz yurganday gap. Yaqinlarimizga qo‘ng‘iroq qilib chiqishimiz, tanishlarga xat yo‘llash, suratga olib, uni xorijdagi do‘stlarga yuborish, xotira uchun rasmlarga tushish kerak. Yaxshi kamera va quvvatli dasturga ega bo‘lmagan telefonsiz bularni qanday uddalaysiz?

MEIZU bu amallar uchun yuqori darajali, a'lo texnik parametrlar, ajoyib dizayn va hamyonbop narxga ega bo‘lgan 15|15 Plus modellarini sizga taklif etadi.

Foto: MEIZU

MEIZU 15|15 Plus modellarining texnik xususiyatlari haqida batafsil:

  • Super AMOLED displey: 5,46” (1920x1080) / 5,95” (2560x1440).
  • operativ xotira: 4 GB / 6 GB
  • ichki xotira: 64 GB;
  • protsessor chastotasi: 8x2,2 GGts / 8x2,3 GGts;
  • akkumulyator: 3 000 mAs / 3 500 mAs;
  • asosiy kamera: aniqligi 12 Mp+20 Mp juft sensor, 1/2,3 matritsali va f/1.8 aperturali, ikki xil rangdagi halqali chaqnoq (6 ta yorug‘lik diodlari), takomillashgan tungi suratga olish funksiyasi, uch karrali zum va optik stabilizatsiya bilan kuchaytirilgan.
  • Old kamera: f/2.0 aperturali va yuzni tezkor tanish imkoniyatiga ega 20 megapikselli kamera
Foto: MEIZU

Effektli video ishlamoqchimisiz? Sozlangan Slow Motion rejimida tasvirga oling va videoni haqiqiy kinematografik klipga aylantiring!

Sovg‘a nima ekan deb qiziqyapsizmi? Unda eshiting. Ishlar bilan ko‘chada yurganingizda sizga pand berishi mumkin bo‘lgan narsa nima? Albatta, bu telefon zaryadining tugab qolishidir, to‘g‘rimi?

Shu vaziyatda sizni insoniyatning buyuk kashfiyoti - tashqi akkumulyator qutqaradi.

MEIZU 15|15 Plus modellarini xarid qilsangiz, sizga TTEC kompaniyasidan telefonni uch marta zaryadlay oladigan 10 000 mAs sig‘imli tashqi akkumulyator sovg‘a qilinadi.

TTEC tashqi akkumulyatorining parametrlari:

  • quvvati: 10000 mAs, o‘ta yuqori sig‘imli akkumulyator;
  • mustahkam metall korpus;
  • telefonni tanish va maksimal tezlikda zaryadlash funksiyalari;
  • 2.1 A chiqishga ega tez zaryadlash;
  • yorug‘lik diodli quvvat indikatori;
  • xavfsiz zaryadlash uchun zanjirli himoya tizimi.
  • Faqatgina smartfonlar uchun mo‘ljallanmagan

Aktsiya 2018 yilning 17 dekabridan 2019 yilning 17 yanvariga qadar davom etadi, aksiya shartlari juda oddiy:

  • Aktsiya davomida Toshkent shahridagi savdo nuqtalaridan MEIZU 15 yoki MEIZU 15 Plus modellarini xarid qiling;
  • Sotib olingan smartfonni qutisi bilan va do‘kon muhri bosilgan kafolat talonini ko‘rsatgan holda, MEIZU firma do‘konida xaridingizni ro‘yxatdan o‘tkazing;
  • 10 000 mAs sig‘imli powerbank - TTEC akkumulyatorini o‘zingiz bilan olib keting!

Sotib olingan smartfonlarga bir yillik kafolat beriladi.

Aktsiyani o‘tkazib yubormang! 2019 yilni quvvatli va zamonaviy MEIZU smartfoni hamda TTEC tashqi akkumulyatori bilan kutib oling.

Foto: MEIZU

MEIZU - hamma uchun, har bir inson uchun, el uchun!

Firma do‘koni manzili: Kichik Halqa Yo‘li k., 57, Mercato SM, birinchi qavat, Malika savdo rastalari yonida.

Telefon: 71 200-01-88

Sayt: www.meizu.uz

Facebook, Instagram, Telegram yoki Telegram bot

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top