22:35 / 27.12.2018
5604

Urganch shahridagi kanalizatsiya avariyasi bartaraf qilindi – Kun.uz tanqididan so‘ng muammo yechim topdi

Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolardan Kun.uz tahririyatiga uylari atrofidagi sanitar sharoit og‘irligi haqida shikoyat kelib tushgan edi. Murojaatda Al-Xorazmiy ko‘chasidagi 23, 23/1 va 21 uylarning suvoqava tizimi ishlamasdan, ko‘pqavatli uylar oldi, bolalar maydonchasi iflos oqava suvlar bilan toshib borayotgani, mutasaddi korxonalar, shahar hokimligiga bir necha marta murojaat qilganiga qaramay, muammo 3 yildan ortiq vaqt davomida bartaraf etilmayotgani yozilgan edi.

Ko‘rsatilgan manzilga borilib, vaziyatni o‘rganilib, murojaatdagi faktlar asosli ekani aniqlanib, bu haqda «Urganch shahri markazida aholi oqava suvlar sassig‘idan aziyat chekmoqda» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.

Shundan so‘ng, Urganch shahar Oqava suv bo‘limi tomonidan kanalizatsiya avariyasi bartaraf qilindi.

Kanalizatsiya qudug‘i ta'mirlangan. Undan sizib chiqqan oqava suvlar maxsus mashinalar yordamida olib ketilgan.

Oqava suvli ariqlar ichi dezinfeksiya qilinib, zararsizlantirilgan.

Bolalar sport maydonchasida muzlab qolgan oqava suvlar sindirib olinmoqda.

Umid qilamizki, mutasaddi tashkilotlar bundan keyin ham aholi murojaatlariga o‘z vaqtida e'tibor qaratib, turli texnogen avariyalarni sifatli ta'mirlab berishadi.

Nurmuhammad Said 

Mavzu
Kun.uz surishtiruvi
Kun.uz xalq murojaatlari asosida joylarda bo‘lib, muammolarni o‘rganmoqda va xolisona yoritmoqda.
Barchasi
Top