11:03 / 07.01.2019
32477

Davlat soliq qo‘mitasi ish byeruvchilarga ish haqi miqdorini oshirishni tavsiya etdi 

Foto: KUN.UZ

Davlat soliq qo‘mitasi ish byeruvchilarga xodimlar ish haqi miqdorini oshirishni tavsiya etdi. Bu haqda qo‘mitaning Facebook’dagi sahifasida xabar byerilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbyekiston Ryespublikasi pryezidyentining 2018 yil 26 dyekabrdagi PQ-4086-son qarorining 7-bandiga muvofiq 2019 yildan ish byeruvchi tashkilotlarga soliq yukining, shu jumladan yagona ijtimoiy to‘lovning kamaytirilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan xodimlar ish haqi miqdorini oshirish tavsiya etildi. 

2018 yilning noyabr oyida moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov soliq islohoti natijasida yirik korxonalar uchun 25 foiz, kichik korxonalar uchun esa 15 foiz miqdorida bo‘lgan yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi pasayishi haqida eslatgandi.

«Endi bu stavka 12 foizni tashkil etadi, bu biznyes tomonga qo‘yiladigan katta qadam bo‘ladi», - dyeya ta'kidlab o‘tgandi Sultonov.

O‘shanda, hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir fuqaro 1 yanvardan boshlab o‘rtacha 6,5 foizdan yutishi qayd etilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq soliq kodyeksining yangi tahriri sentabr oyigacha ishlab chiqilishi xabar byerilgandi.

Mavzuga oid
Top