14:00 / 09.01.2019
18907

«Bunyodkor»da rahbar o‘zgardi

Toshkentning «Bunyodkor» futbol klubi rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qilgan.

Ma'lum qilinishicha, 2017 yil mayidan buyon «Bunyodkor» FK bosh direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan Murod Boqiyevich Aliyev o‘z xohishiga ko‘ra, lavozimidan ozod etilgan.

Foto: Murod Aliyev

Endilikda klubga Ulug‘bek Abdusattorovich Mirzayev bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Foto: Ulug‘bek Mirzayev

Ulug‘bek Mirzayev bugungi kunga qadar «Bunyodkor» klubi sport direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Top