14:44 / 18.01.2019
7452

Okeanni plastikdan qanday qutqarish mumkin: Rotterdamda chiqindilardan suzuvchi bog‘ yaratildi

Tinch okeanida plastik chiqindilarning katta miqdori suzib yuribdi. Ular birgalikda katta orolni tashkil etmoqda. Ilg‘or muhandis va ekologlar bu muammoni bartaraf etishning turli variantlarini taklif etishmoqda, biroq ayni vaqtda amalga oshirilayotgan loyihalar masalani hal etish haqida gapirishga yo‘l qo‘ymaydi. Okeandan plastikni yo‘qotish muammosi hali ham dolzarbligicha qolayotgan bo‘lsa, uning paydo bo‘lish manbai allaqachon ma'lum: bu qit'alardan tonnalab plastikni olib keladigan daryolardir.

Qayta ishlangan plastikdan tayyorlangan suv bog‘i variantlaridan biri​​​

Rotterdam shahri ekolog va faollari okeanni tozalashga yana bir loyiha bilan emas, Nive-Maas daryosidagi plastikni yig‘ish bilan hissa qo‘shishga qaror qilishdi. Nive-Maas Reyn daryosi deltasining ulkan yenglaridan biri hisoblanadi va Rotterdam orqali oqib o‘tadi.

Plastikni utilizatsiya qilish chizmasi

RecycledIsland Foundation kompaniyasi daryoda plastik chiqindini ushlab qoladigan uchta maxsus qopqonni o‘rnatishdi. Bundan tashqari, daryodagi tozalash ishlariga ko‘ngillilar ham kelib qo‘shilishdi, ular qirg‘oqdagi chiqindini to‘pladilar. Plastik chiqindilar qayta ishlashga yuborildi, olingan plastikdan esa suzuvchi bog‘ning asosi bo‘lib xizmat qiladigan konteynerlar yasaldi.

Rotterdamdagi Nive-Maas daryosidagi suzuvchi bog‘

Nive-Maas daryosidagi suzuvchi bog‘ 2018 yilning yoz faslida ochildi. Ochilish vaqtida u oltiburchak shaklidagi 28 blokdan iborat edi. Bunday shakl bloklarni turli ko‘rinishda joylashtirish va zaruriyat bo‘lganida ularga yangilarini qo‘shish uchun yaratildi. Ushbu g‘aroyib bog‘ning bloklari turli vazifalarni bajaradi. Ularning katta qismiga turli o‘tsimon o‘simliklar ekilgan, qolganlari esa shaharliklar uchun hordiq olish hududlariga aylantirilgan. Suzuvchi bog‘ tezda mahalliy diqqatga sazovor joyga aylandi va sayyoh hamda shaharliklarning diqqatini o‘ziga jalb etdi.

Ehtimol daryoda suzuvchi o‘simlikli plastik bloklar buyuk landshaft dizaynerlarining asarlari kabi ulug‘vor emasdir. Biroq bu loyihaning asosiy maqsadi ommani plastik chiqindilarni utilizatsiya qilish muammosiga jalb etishdan iborat. Bunday loyiha Tinch okeanidagi plastik bilan kurashish mumkin va kerakligini ko‘rsatadi. Biroq buni yirik daryolardagi xavfli chiqindini tutib olish orqali quruqlikda amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Mavzuga oid
Top