00:06 / 25.01.2019
7806

Rossiya bojxona xizmati O‘zbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda 

Rossiya Federal bojxona xizmati (FTS) uchta davlatda yangi bojxona vakolatxonalarini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda FTS rahbari o‘rinbosari Ruslan Davidov matbuot anjumanida ma'lum qilgan. 

“Biz Federal bojxona xizmatining 20 ta davlatdagi vakolatxonasiga egamiz va yana uchta davlatda ularni ochishni rejalashtirmoqdamiz. Jumladan, bizga Yevropa va Xitoy uchun ahamiyatli bo‘lgan Niderlandiya qiziqdir”, deb aytgan Davidov.

Keyinroq FTSning yana ikkita vakolatxonasi O‘zbekiston va Ozarboyjonda ochilishi ma'lum qilingan.

Top