20:42 / 27.01.2019
28280

Saudiya valiahd shahzodasi 425 mlrd dollarlik islohotni amalga oshirishni rejalashtirmoqda  

Foto: Luke MacGregor/Bloomberg

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon infratuzilma, energetika, foydali qazilmalar olish va sanoatning boshqa sohalarini rivojlantirishga 425 mlrd dollar investitsiya qilishni rejalashtirmoqda.  

Shahzoda Vision 2030 islohotlarining bosh rahnamosi hisoblanadi. U bu islohotlar evaziga 200 mlrd riallik 70 ga yaqin bitim tuzmoqchi. Bu rejaning tafsilotlari 28 yanvarda e'lon qilinishi kutilmoqda. Sarmoyalar 2030 yilgacha jalb qilinishi kerak.

Saudiya Arabistoni yangi reja doirasida kimyo, energetika va gaz sanoatiga o‘z e'tiborini qaratadi. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Xolid al-Folihga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Top