15:25 / 01.02.2019
15337

Amerikalik sportchi Nurmagomedov bilan jang o‘tkazmoqchi

Foto: Suhaimi Abdullah / Getty Images

Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) yarim o‘rta vazndagi amerikalik jangchisi Ben Askren UFC chempioni Habib Nurmagomedov bilan yangi vazn toifasida bahslashishni xohlayapti.

«Agar 165 funtli divizion ochilsa, unda shuni bilingki, Amerika Rossiyaga qarshi - bu har doim ajoyib voqeadir. Bu qanday sotilishi haqida bir o‘ylab ko‘ring. Agar o‘sha vaqtga kelib menda 20-0 rekordi, Habibda esa 27-0 bo‘lsa, unda kimningdir «noli» yopilishi kerak bo‘ladi. Men uning yelkasiga chiqib olib, «AQSh!» deb baqiraman, - deya aytib o‘tdi sportchi UFC 235 musobaqasi oldidan matbuot anjumanida.

UFC prezidenti Dena Uayt jangchiga javob qaytargan.

«165 funtli divizion bo‘lmaydi», - deya Uaytning so‘zlarini keltiradi Lowkick MMA.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Nurmagomedov Qozog‘istonda teleboshlovchi sifatida ish boshlashi xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top