10:48 / 01.02.2019
9569

Samarqandda giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

2019 yil 28 yanvar kuni Samarqand viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Ishtixon tumanida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Orlot qishlog‘ida yashovchi M.A. va Jomboy tumanida yashovchi B.M. “Orlot” MFY hududida 1 kg. 45,42 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasini 52 mln so‘mga sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “marixuana” sotayotganda ushlangan shaxsning uyidan 1,5 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasi topilgandi.

Top