22:15 / 01.02.2019
48111

Tarixdagi eng boy odam ma'lum qilindi 

Foto: Bibliothèque nationale de France

Olimlar AQShning Shimoli-g‘arbiy universiteti (Illinoys shtati) galereyasida o‘rta asrlarga tegishli “Katalon atlasi” qo‘lyozmasining reproduksiyasini taqdim qilishdi. Olimlarning fikricha, unda tarixdagi eng boy odam tasvirlangan. Bu haqda Live Science portali ma'lum qildi.

Xarita 1375 yilda hozirda Ispaniya tarkibiga kiruvchi Malorka orolida yaratilgan. Kompozitsiya markazida, savdo yo‘llari kesishgan joyda Afrikadagi qirol Mansa Muso qo‘lida oltin tanga bilan tasvirlangan.  

Muso 9-asrning birinchi yarmida Mali davlatiga 30 yilga yaqin hukmronlik qilgan. Ko‘rgazma kuratori Ketlin Bikford Berzokning aytishicha, qirol mintaqada oltin qazib olinishini to‘liq nazorat qilgan. Bu yerlardan olingan oltin eng sof hisoblangan va shu bois bozorda eng talabgir bo‘lgan.

“Hozirgi kunda biror kim bunday boylikka egaligini tasavvur qilish qiyin”, deb ta'kidlab o‘tgan Berzok.

9-asrda Mali oltini yetakchi valuta bo‘lgan dinorlarni zarb qilishda qo‘llangan. O‘sha vaqtlarga mansub arab matnlari mazmuni tangalar Muso nazoratidagi hududlardan olingan oltindan zarb qilinganini tasdiqlaydi.

Top