19:14 / 02.02.2019
27585

Venesuela harbiy-havo kuchlari generali muxolifat tarafiga o‘tdi

Venesuela harbiy-havo kuchlari generali Fransisko Esteban Yanes Rodriges parlament spikeri Xuan Guaydoni mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi deb tan oldi. Bu haqda Twitter’da xabar qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan videoda harbiy libosli erkak o‘zini oliy qo‘mondonlik vakili deb tanishtirgan.

«Bugun deputat Xuan Guaydoni Venesuela Bolivar Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi deb tan olishimni va shunga muvofiq uning buyruqlarini bajarishga tayyorligimni vatanparvarlik va demokratlik faxri bilan e'lon qilaman», — dedi u.

U harbiy-havo kuchlarining 90 foizi Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan.

Ma'lumot uchun, Venesuelada hokimiyat uchun kurash 23 yanvarda prezident Nikolas Maduroga qarshi miting bilan boshlangandi. Muxolif tomon yetakchisi Guaydoni AQSh, Isroil, Kanada, Albaniya, Gruziya, Braziliya, Argentina, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay, Peru kabi davlatlar Venesuela prezidenti deya tan olgan. 

Mavzu
Venesuelada siyosiy inqiroz
Venesuela prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari girdobida qoldi. 23 yanvar kuni, ushbu namoyishlar avjiga chiqqan vaqtda Venesuela parlamenti rahbari Xuan Guaydo o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qildi
Barchasi
Mavzuga oid
Top