13:39 / 06.02.2019
15857

«Barselona» prezidenti Neymarning qaytishi haqidagi savolga javob berdi

Foto: AFP

«Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bertomeu hujumchi Neymarning qaytishi haqidagi mish-mishlarni inkor qildi.

«Hech qachon Neymar yoki uning otasi bilan gaplashmaganman. U menga «Barselona»ga qaytmoqchi ekanini aytmagan, qo‘ng‘iroq qilmagan.

Biz keyingi mavsumga tayyorgarlik ko‘ryapmiz, rejamizda Neymar yo‘q. U - «PSJ» futbolchisi, menimcha parijliklar bunday futbolchidan voz kechmaydi», - deb Bertomeu so‘zlarini keltirmoqda El Partidazo de COPE.

Neymar 2017 yilda «PSJ» klubiga 222 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning transfer qiymati hamon dunyoda rekord bo‘lib turibdi.

Top