01:11 / 06.02.2019
47595

Dunyoning eng yaxshi avtomobili unvoni uchun asosiy da'vogar mashinalar ma'lum qilindi 

“Dunyoning yil avtomobili” mukofotini olish uchun 10 finalchi ma'lum bo‘ldi. Ushbu modellar hakamlar hay'ati tomonidan 40 ta da'vogar model ichidan tanlab olindi. G‘olib esa  17 aprelda Nyu-Yorkdagi motorshouda e'lon qilinadi.

Dunyoning eng yaxshi mashinasi uchun quyidagi modellar da'vogarlik qilmoqda: Audi e-tron, BMW 3-Series, Ford Focus, Genesis G70, Hyundai Nexo, Jaguar I-Pace, Mercedes-Benz A-Class, Suzuki Jimny, Volvo S60/V60 va Volvo XC40.

Yanvarda Genesis G70 AQShdagi eng yaxshi yengil avtomobil deb tan olingan. Volvo XC40 esa 2018 yilda “Yevropada yil avtomobili”, “Yaponiyada yil avtomobili” va “Ayollar yil avtomobili” tanlovlarida g‘olib bo‘lgan.

Bundan tashqari, Nyu-Yorkdagi avtosalonda yana 5 ta yo‘nalish: “Lyuks avtomobil”, “Sportkar”, “Shahar avtomobili”, “Yashil” avtomobil” va “Eng yaxshi dizayn” bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

Quyida ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha asosiy da'vogarlar keltirilgan:

“Lyuks avtomobil”: Audi A7; Audi Q8; BMW 8 Series; Mercedes-Benz CLS; Volkswagen Touareg;
“Sportkar”: Aston Martin Vantage; BMW M2 Competition; Hyundai Veloster N; McLaren 720S; Mercedes-Benz AMG 4-door Coupe;
“Shahar avtomobili”: Audi e-tron; Honda Clarity Plug-In Hybrid; Hyundai Nexo; Jaguar I-Pace; Kia Niro EV; 
“Yashil” avtomobil”: Audi A1; Hyundai AH2/Santro; Kia Soul; Seat Arona; Suzuki Jimny;
“Eng yaxshi dizayn”: Citroen C5 Aircross; Jaguar E-Pace; Jaguar I-Pace; Suzuki Jimny; Volvo XC 40.

2018 yilda “Dunyoning yil avtomobili” nomiga Volvo XC60, 2017 yilda Jaguar F-Pace, 2016 yilda Mazda MX-5 modellari sazovor bo‘lgandi.

 

Top