19:45 / 06.02.2019
13768

Tramp tomonidan taklif qilingan o‘quvchi uning nutqi vaqtida uxlab qoldi

Foto: Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp kongressdagi nutqiga familiyadoshi bo‘lgan o‘quvchi Joshua Trampni taklif qildi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.

Uilmington shahridan bo‘lgan 11 yoshli o‘quvchi sinfdoshlari familiyasi sababli uni mazax qilishlari tufayli ushbu an'anaviy marosimga taklif qilingan. Tramp nutq so‘zlagan zalda o‘quvchi AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp va miya shishi tashxisi qo‘yilgan 9 yoshli Greys Elin ismli qiz bilan yonma-yon o‘tirgan.

Prezidentning nutqi oxiriga yaqin o‘quvchi mudrab qolgan. Trampning mudrab qolgan  mehmoni suratlari internetda ko‘plab qarama-qarshi izohlarga sabab bo‘lgan: Tramp tarafdorlari bu holatni kulguli deb topishgan, uning siyosiy raqiblari esa “norozilik akti” deb atashgan.

Prezidentning kongressdagi murojaatiga mehmonlarni taklif qilish an'anasi 1982 yilda Ronald Reygan prezidentligi vaqtida urfga kirgan. O‘shanda Reygan tomonidan taklif qilingan mehmonlar orasida Potomak daryosidagi ko‘prikdan tushib ketgan avtobus yo‘lovchisini qutqargan Lenni Skatnik bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top