19:52 / 13.02.2019
23136

Yo‘llari eng tirband shaharlar reytingi e'lon qilindi 

Inrix kompaniyasi 2018 yil yakunlariga ko‘ra dunyoning yo‘llari eng tirband shaharlari reytingini e'lon qildi. 

Reytingning eng yuqori pog‘onasini Moskva egallagan. Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko‘ra, moskvalik haydovchilar tirbandliklar sababli yil ichida 210 soatni behuda yo‘qotishgan.  

Inrix’da ta'kidlanishicha, bu gal tahlilchilar reytingni tuzish metodologiyasini o‘zgartirishgan. Endi yo‘llarning yuklanganligi haydovchilar yo‘qotgan vaqt va tirbandliklar zichligi bo‘yicha baholanadi. Moskva 2017 yilgi reytingda 2-o‘rinni egallagandi. Joriy reytingda 2-o‘rin Istanbulga “nasib qilgan”. Keyingi o‘rinlarni Bogota, Mexiko, San-Paulu, London, Rio-de-Janeyro, Boston, Peterburg va Rim egallagan. Avvalgi reyting “yetakchisi” Los-Anjyeles yangi metodika bo‘yicha eng yuqori yigirma beshtalikka ham kirmagan.

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, tirbandliklarda turish shahar iqtisodiyotiga katta ziyon yetkazadi: u ishchilar mehnat unumdorligi pasayishi, tovarlarning do‘konlarga yetkazilishidagi ushlanishlar, yonilg‘i sarfi oshishi va shu kabilarga olib keladi. Inrix ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda tirbandliklardan Nyu-York (9,5 mlrd dollar) va Los-Anjyeles (9,3 mlrd dollar), Britaniyada London (4,9 mlrd funt sterling), Germaniyada esa Berlin (1,7 mlrd yevro) eng ko‘p zarar ko‘rgan.

Mavzuga oid
Top