08:48 / 15.03.2019
17794

Kambek navbati «Arsenal»niki. YeLda chorak finalning barcha ishtirokchilari aniqlandi

Foto: Shaun Brooks/Action Plus via Getty Images

Yevropa Ligasida chorak finalning barcha ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi.

«Chelsi» Kiyevning «Dinamo» klubi maydonida 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va umumiy 8:0 hisobidagi ustunlik bilan keyingi bosqichga chiqdi. Londonning yana bir klubi «Arsenal» «Renn»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va ilk o‘yindagi 1:3 mag‘lubiyatga qaramay, kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. Italyan klublaridan «Napoli» «Red Bull» maydonida yengilgan (1:3) bo‘lsa-da, ilk o‘yindagi yirik g‘alaba evaziga (3:0) chorak finalga chiqdi, «Inter» esa «Ayntraxt» bilan dastlabki golsiz o‘yindan keyin o‘z uyidagi javob uchrashuvida yutqazdi (0:1) va turnirni tark etdi.

Ispaniya va Rossiya klublari qarama-qarshiligida ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra rus jamoalari imkoniyatni boy berishdi: 90+1-daqiqada «Krasnodar» «Valensiya»dan gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, «Zenit»ning «Vilyarreal»ga ayni shu daqiqada urgan javob goli kamlik qildi.

Shu va boshqa o‘yinlar natijasiga ko‘ra, YeLning 1/4 finaliga quyidagi jamoalar yo‘l olishdi: «Valensiya» (Ispaniya), «Napoli» (Italiya), «Chelsi» (Angliya), «Arsenal» (Angliya), «Ayntraxt» (Germaniya), «Vilyarreal» (Ispaniya), «Slaviya» (Chexiya), «Benfika» (Portugaliya).

Ushbu jamoalar navbatdagi raqiblarini bugun, 15 mart kuni Non shahrida bo‘lib o‘tadigan qur'a natijasida bilib olishadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Yevropa Ligasi
1/8 final, javob uchrashuvlari
Dinamo Kiyev Ukraina – Chelsi Angliya 0:5 (0:3, 0:2)

Gollar: 0:1 – 5 Jiru, 0:2 – 33 Jiru, 0:3 – 45 Alonso, 0:4 – 59 Jiru, 0:5 – 78 Xadson-Odoi.
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Dzappakosta (Aspilikueta, 69), Kristensen, Loftus-Chik, Kovachich, Villian (Pedro, 74), Kante (Jorjino, 65), Xadson-Odoi, Jiru.
Birinchi o‘yin: 0:3.

Red Bull Avstriya – Napoli Italiya 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 14 Milik, 1:1 – 25 Dabur, 2:1 – 65 Gulbrandsen, 3:1 – 90+1 Lyaytgeb.
Napoli – Meret, Kirikesh (Malkyui, 78), Mariu Ruy, Xyusay, Luperto, Fabian Ruis, Allan, Zelinski (Diavara, 74), Kalexon, Mertens (Yunes, 88), Milik.
Birinchi o‘yin: 0:3.

Krasnodar Rossiya – Valensiya Ispaniya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 85 Suleymanov, 1:1 – 90+3 Gedesh.
Birinchi o‘yin: 1:2

Arsenal Angliya – Renn Fransiya 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 5 Obameyang, 2:0 – 15 Meytlend-Naylz, 3:0 – 72 Obameyang.
Arsenal – Chex, Koselni, Kolashinats, Mustafi, Monreal, Meytlend-Naylz, Djaka, Remzi (Torreyra, 87), Ozil (Mxitaryan, 70), Obameyang, Lyakazett (Ivobi, 70).
Birinchi o‘yin: 1:3.

Inter Italiya – Ayntraxt F Germaniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 5 Yovich.
Inter – Xandanovich, Soaresh (Ranokkiya, 62), Shkrinyar, de Vrey, D`Ambrozio, Kandreva, Valero (Espozito, 73), Politano (Merola, 80), Vesino, Keyta Balde, Perishich.
Birinchi o‘yin: 0:0.

Vilyarreal Ispaniya – Zenit Rossiya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 29 Moreno, 2:0 – 47 Bakka, 2:1 – 90+1 Ivanovich.
Birinchi o‘yin: 3:1

Slaviya Chexiya – Sevilya Ispaniya 4:3 (1:1, 1:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 14 Ngade-Ngadjui, 1:1 – 44, penalti Ben-Yyedder, 2:1 – 46, penalti Souchek, 2:2 – 54 Munir, 2:3 – 98 Vaskes, 3:3 – 102 van Buren, 4:3 – 119 Traore.
Birinchi o‘yin: 2:2.

Benfika Portugaliya – Dinamo Zagreb Xorvatiya 3:0 (0:0, 1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 71 Jonas, 2:0 – 94 Fransishku Ferreyra, 3:0 – 105 Grimaldo.
Chetlatish: Stoyanovich (104, Dinamo).
Birinchi o‘yin: 0:1.

Top