16:10 / 30.03.2019
11440

Sirdaryoda «Kamaz»ning yoqilg‘i baki yorilib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

2019 yil 24 mart kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida yashagan G‘.Sh. uyida “Kamaz” rusumli yuk avtomashinaning yoqilg‘i bakini payvandlayotgan vaqtida ehtiyotsizligi tufayli yoqilg‘i baki yorilib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, G‘.Sh. jarohat olib voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari olib bormoqda. 

Mavzuga oid
Top