10:50 / 17.04.2019
3480

Tashqi savdo bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etish davriyligi o‘zgardi

Foto: Fotolia

Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi ma'lumotlarini yig‘ish va qayta ishlash uslubiyati to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.

Tovarlar tashqi savdosi ma'lumotlari bazasi bo‘yicha ma'lumotlarni (TIF TNning 10 ta belgisi bo‘yicha, tashqi savdo bojxona statistikasining me'yoriy hujjatlarini hisobga olgan holda) taqdim etish davriyligi o‘zgardi. Ushbu ma'lumotlarni DBQ va Davstatqo‘m taqdim etadi.
 
Ilgari har oyning 15-sanasida aniqlashtirilgan ma'lumotlar yuborilar edi. Endi – har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15 yanvarigacha. Tezkor ma'lumotlarni taqdim etish tartibi o‘zgarmadi – hisobot davridan keyingi har oyning 7-sanasigacha.
 
Hujjat bilan boshqa o‘zgartirishlar ham nazarda tutilgan. Xususan, DBQning har chorakda tovarlar tashqi savdosi bo‘yicha bojxona axborotnomasini nashr etish majburiyati bekor qilindi.
 
Hujjat 15.04.2019 yildan kuchga kirdi.

Top