11:40 / 20.04.2019
14669

GAZ sinov uchun bir necha yangi tez tibbiy yordam avtomobillarini taqdim etdi

16 aprel kuni Gorkiy avtozavodi O‘zekspo – markazida «Sog‘liqni saqlash- TIHE 2019» Toshkent xalqaro ko‘rgazmasida yangi «tez yordam» avtomobillarini taqdim etdi.

Rossiyada keng ko‘lamli yuk avtomobillari, maxsus texnika va avtokomponentlar ishlab chiqaradigan yagona zavod – GAZ O‘zbekistonda tashkil etilgan sog‘liqni saqlash sohasidagi ko‘rgazmada tibbiyotga mo‘ljallangan keng turdagi avtomobillarni namoyish etdi. Sog‘lom turmush tarzi va hammabop tibbiy yordamni qo‘llab-quvvatlovchi mazkur kompaniya o‘zining yangi modellarida zamonaviy texnologik yechimlarni faol ravishda joriy etmoqda.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada, GAZ stendida keng qo‘llaniladigan modulli tibbiyot markazi, “GAZel NEXT” “tez yordam” mashinasi hamda borish qiyin bo‘lgan hududlardan bemorlarni evakuatsiya qilishga moslashgan “Sobol 4x4” yo‘ltanlamas avtomobili taqdim etildi.

Ko‘rgazma yakunida avtomobillar o‘zbek shifokorlariga foydalanish jarayonida mashinalarning funksionalligini baholash uchun topshirildi.

Innovatsion mobil tibbiyot markazi “GAZel NEXT” mikroavtobusi asosida tashkil etilgan. Avtomobil tibbiy tekshiruvlar, diagnostika, tibbiy ko‘rik va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.

Mobil markaz zarur tibbiy asbob-uskunalar va hayotni qo‘llab-quvvatlash tizimlari bilan jihozlanishi mumkin bo‘lgan ikkita mustaqil moduldan iborat. Ular turli xil profildagi shifokorlar qulay sharoitlarda ishlashlari mumkin bo‘lgan ikkita to‘liq tibbiy kabinetdir. Har birining maydoni – 8 kvadrat metrgacha. Uskunada bemorlarni tekshirish uchun divan, shifokor uchun stol, shuningdek, uskunalar uchun o‘rnatilgan shkaflar va tumbalar mavjud. Xonalar alohida kirish joyi va alohida ajratilgan yuvinish hududi bilan jihozlangan. Modullarda funksional diagnostika xonalari, stomatologiya, oftalmologiya, kardiologiya, bolalar va ayollar salomatligi, sayyor flyuorografik va rentgen xonalari, turli maqsadlar uchun laboratoriyalar, mobil donor punkti, urologiya xonasi va boshqalar yaratilishi mumkin.

Standart ko‘rinishda bo‘lganligiga qaramasdan, “Sobol 4×4” avtomobili kuchli yo‘ltanlamas xususiyatlarga ega: ulaniladigan to‘liq privod, uzatkich, orqa ulagichni differensiali bloklanishini pasaytiruvchi yuqori klirens, katta ishlab chiqarish harakati. Old isitgich va salonni qo‘shimcha isituvchi moslama asosiy butlovchi qismlarga kiradi.

Panellar yedirilishga bardoshli kompozit materiallar bilan jihozlangan. Mashina yon va orqa eshiklarga tutashgan hududni yorituvchi tashqi chiroqlarga ega, 12V va 220V rozetkalari bor, shiftga moslashgan, rangli-diodli yorituvchi tasmalar, old isitgich va salonni qo‘shimcha isituvchi mustaqil moslamalar, kislorod ta'minoti tizimlari va olinadigan nosilkali aravachalar bilan ham jihozlangan. Yuqori qulaylikka ega o‘rindiqlar maxsus yuqori sifatli materiallardan tayyorlangan.

Tadbirda O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ishtirok etdi.

“Gruppa GAZ” stendida avtomobillarning asosiy taqdimoti bilan bir qatorda, parallel ravishda “Sog‘lom turmush tarzi va hammabop tibbiy xizmat: zamonaviy jamiyatda yangi imkoniyatlar va yechimlar” mavzusida matbuot anjumani ham o‘tkazildi. Tez tibbiy yordam texnikasining taqdimotidan tashqari, so‘z O‘zbekiston Respublikasi innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi va Rossiya federatsiyasi xalq salomatligi Ligasi vakillariga taqdim etildi.

“Biz uchun O‘zbekiston Markaziy Osiyoning asosiy bozori sanaladi. Mamlakat nafaqat iqtisodiyot va aholining yaxshi o‘sish sur'atlari, balki sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirayotgan jiddiy tashabbuslari nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, zamonaviy texnologiyalar, ichki ishlab chiqarish va eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan e'tiborni e'tirof etmasak bo‘lmaydi. Kelajakda biz O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga chiqish uchun tramplin sifatida ko‘rib chiqayapmiz va bu yerda GAZ brendi ostida mahsulot ishlab chiqarish hamda eksport qilish imkoniyatini rejalashtirganmiz. Umid qilamizki, ishonchli hamkorlarni topamiz, buning natijasida mamlakatda yangi ish o‘rinlari paydo bo‘ladi, budjetga mablag‘ qo‘shiladi,” - deydi Gorkiy avtomobil zavodining savdo bo‘yicha direktori Oleg Markov.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida GAZ TransUzbekistan 2018 ko‘rgazmasida yangi avtomobil modellarini taqdim etgan edi. GAZ brendining avtomobillari funksionalligi, oddiyligi, foydalanishda va xizmat ko‘rsatishda arzonligi bilan ajralib turadi. Kompaniya tijorat transporti segmentida eng keng savdo va xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ega. Gaz modellari asosida maxsus texnika, tibbiy va ijtimoiy transport vositalarining 300 dan ortiq modifikatsiyalari ishlab chiqarilmoqda.

Gorkiy avtomobil zavodi avtomobillarni qayta ishlash va ishlab chiqarish borasida 85 yillik tajribaga ega, korxonaning o‘zida 20000 nafar, qo‘shni-korxonalarda esa 400000 dan ko‘proq xodim faoliyat olib boradi. Gaz mahsulotlari dunyodagi 40 dan ortiq mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

OOO «BEKOLE-BIZNES» – Gorkiy avtomobil zavodining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori.

Manzil: Toshkent shahri, THAY va Yangi Sergeli ko‘chalari kesishmasi.

Savdo bo‘limi telefoni: + 998944059020

Reklama huquqi asosida

Top