17:49 / 02.05.2019
14214

Zelenskiyning harbiy maslahatchisi Kiyev Donbassni besh yildan so‘ng qaytarib olishini aytdi

Foto: AP Photo / Evgeniy Maloletka

Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyning xavfsizlik va mudofaa ishlari bo‘yicha maslahatchisi Ivan Aparshin Kiyev Donbassni besh yildan so‘ng o‘z nazoratiga qaytarib oladi, deb hisoblaydi.

"Bugungi kunda Donbass besh yilga mo‘ljallangan istiqbol, Qrim hududi esa ancha uzoq istiqbol hisoblanadi. Ammo hududlarimizni harbiy yo‘l bilan qaytarib olish imkoniyatini ko‘rmayapman", - dedi Aparshin "Apostrof" internet nashriga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy operatsiya o‘tkazish imkoniyati ko‘rib ham chiqilmaydi.

"Men harbiy operatsiyani rejalashtirishim mumkin. operatsiyani o‘tkaza oladigan odamlarni ham bilaman. Ammo hech kimga hududlarimizni harbiy operatsiya yo‘li bilan qaytarib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishni maslahat bermagan bo‘lardim. Yo‘qotishlar katta bo‘ladi", - deb qo‘shib qo‘ydi Aparshin.

Uning fikricha, Kiyev bunday operatsiya boshlashi bilan undan barcha hamkorlari yuz o‘giradi.

Mavzuga oid
Top