16:50 / 03.05.2019
13785

Stoltenberg NATOning yangi bosh qo‘mondoniga «tajovuzkor Rossiya» haqida eslatdi

Foto: Sputnik / Aleksandr Shlamov

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg xavfsizlik sohasidagi "murakkab va tez o‘zgarayotgan" holat hamda Rossiyaning "tajovuzkor harakatlari" haqida fikr bildirdi.

Belgiyaning Mons shahrida NATOning yevropadagi birlashgan qurolli kuchlari qo‘mondoni AQSh generali Kertis Skaparrottining o‘z vakolatlarini AQSh HHK generali Tod Uoltersga topshirishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Bu dunyodagi eng muhim harbiy lavozimlardan biri. Mazkur lavozimni egallaganlar "sovuq urush" davrida alyansni boshqarib, SSSRni to‘xtatib turishgan. Ular Bolqondagi shafqatsiz urushlarni to‘xtatishgan, "Al-Qoida"ni yengishga, Yevropa davlatlari orasida ozodlik va demokratiyani tarqatishga yordam berishgan", - dedi marosimda so‘zga chiqqan Stoltenberg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Skaparrottining qo‘mondonlik davri Rossiyaning yanada tajovuzkor harakatlari va terrorizmning davomli tahdidlari, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi beqarorlikka to‘g‘ri kelgan".

Mavzuga oid
Top