19:45 / 04.05.2019
18268

Tramp Putin bilan “telefon orqali juda yaxshi suhbat” qurganini aytdi

Foto: AP Photo/Alex Brandon

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington va Moskva o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatish uchun ulkan salohiyat mavjudligiga ishonch bildirdi. U bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqotidan so‘ng Twitter sahifasida yozdi.

“Kecha Rossiya prezidenti Putin bilan telefon orqali juda yaxshi suhbat bo‘lib o‘tdi. Yolg‘onchi OAVdagi o‘qish yoki ko‘rish mumkin bo‘lgan xabarlarga qaramasdan, Rossiya bilan yaxshi yoki juda chiroyli munosabatlar o‘rnatish uchun ulkan salohiyat mavjud. Qarang, ular “Rossiya fitnasi” bilan sizlarni qanday chalg‘itishdi. Dunyo yanada yaxshiroq va xavfsizroq bo‘ladi. Zo‘r!" – deb yozdi AQSh rahbari.

Kreml matbuot xizmatining xabar qilishicha, juma kuni Putin va Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tgan. Suhbat chog‘ida ular ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilgan va turli sohalarda muloqotni faollashtirishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Top