00:37 / 06.05.2019
9728

Fotoreportaj: «Andijon» – «Dinamo» o‘yinida alamli durang

“Sog‘lom avlod” stadioniga tashrif buyurgan ko‘p ming sonli muxlislar o‘z suyuklilaridan g‘alaba kutgandi. Ishqibozlar ikki bo‘lim mobaynida jamoasini faol tarzda qo‘llab turdi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida to‘p o‘tkazib, ikki ochkodan mahrum bo‘lgan bo‘lsa ham, “Andijon” muxlislari o‘z futbolchilarini qarsaklar bilan kuzatib qo‘yishdi.

Uchrashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Eldor Sakayev 2:2 hisobidan xafa ishqibozlarni jamoa navbatdagi o‘yinlarda xursand qilishini aytib o‘tdi.

E'tiboringizga bahsdan olingan fotosuratlarni namoyish qilamiz.

Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzu
Superliga
8 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga - Superliga-2019 turniriga start berildi
Barchasi
Top