23:22 / 06.05.2019
13949

Istanbul meri saylovlari natijalari bekor qilindi

Foto: GETTY IMAGES

Turkiya markaziy saylov komissiyasi muxolifat nomzodi Akrom Imomo‘g‘li g‘alaba qozongan Istanbul meri saylovlari natijalarini bekor qilish haqidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Rajab O‘zal ma'lum qildi.

“Istanbuldagi saylovlar takroran o‘tkaziladi. Ular omad keltirsin”, deb yozgan O‘zal tvitterda.

Uning ta'kidlashicha, takroriy saylovlar 23 iyunda bo‘lib o‘tadi.

NTV telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, qaror saylov komissiyasi tomonidan 7ta ovozga qarshi 4ta ovoz bilan qabul qilingan.

Imomo‘g‘li 31 mart kuni o‘tgan saylovlarda 48,8 foiz ovoz to‘plab, raqibi – hukmron partiya nomzodi, sobiq bosh vazir, 48,55 foiz ovoz to‘plagan Binali Yildirimni ortda qoldirgan. 

Adolat va taraqqiyot partiyasi saylovlar natijalari bo‘yicha shikoyat qilgach, saylov komissiyasi bir nechta saylov uchastkalaridagi ovozlarni qayta hisoblab chiqqan, biroq bu saylovlar natijalariga sezilarli o‘zgartirish kiritishga olib kelmagan.

Imomo‘g‘li 17 aprelda yangi lavozimini bajarishga kirishgan.

Hukmron partiyaning ta'kidlashicha, saylovlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan o‘n minglab odamlar ishtirok etgan. Bundan tashqari, saylov uchastkalarining o‘nlab xodimlari qoidalarga zid ravishda tayinlangan. 

Top