09:29 / 06.05.2019
7946

Yuridik universitetga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 11 000 dollar olgan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 2019 yil 4 may kuni tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil may oyida Shayxontohur tumanida yashovchi M.G‘. Uchtepa tumanida yashovchi M.T.ni Bosh prokuraturada ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga olib kiritib qo‘yishini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs M.T.ning ishonchiga kirib, undan 11 000 AQSh dollarini olgan va bergan va'dasini bajarmay, shu kunga qadar pullarni qaytarib bermaganligi ko‘rsatilgan. M.G‘. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top