13:28 / 07.05.2019
3009

CA Distribution – barqarorlikning yangi darajasi!

3 may kuni CA Distribution Company – Cisco, Dell EMC, HP, Canon, Lenovo, Acer, Microsoft, Check Point, Vertiv kabi jahondagi yetakchi brendlardan IT-uskuna, IT-yechimlar va xizmatlarni yetkazib beruvchi rasmiy distribyutorning faoliyatiga rasmiy start berildi.

Bozorda yirik brendlar bilan ishlaydigan yangi kompaniyaning paydo bo‘lishi O‘zbekistondagi biznes sohasi uchun ahamiyatli voqea hisoblanadi. Yangi CA Distribution Company kompaniyasi tadbirkorlarga zamonaviy texnologiyalarni yetkazib berish orqali eng muhim masalalarni hal etish va biznes mahsuldorligini oshirishga imkoniyat yaratadigan ishonchli hamkorga aylanadi. Bunga yana har bir mijoz uchun individual yondashuv va yuqori darajada xizmat ko‘rsatish jarayonini qo‘shimcha qilsak, mijozlar bilan ishlashga oid ideal formulani qo‘lga kiritamiz. 

Cisco, Dell EMC, HP, Canon, Acer va Lenovo singari kompaniyalar CA Distribution Company ochilishiga bag‘ishlangan bayram tadbirining hamkorlari sifatida ishtirok etishdi. Marosimga 70 dan ortiq mijoz-kompaniyalarning rahbarlari va yetakchi menejyerlari tashrif buyurishdi.

Tadbirni CA Distribution Company direktori Mixail Tsyplakov o‘zining kirish nutqi bilan ochib berdi. “Bizning yangi kompaniyamiz O‘zbekiston IT-bozorini rivojlantirishga xizmat qiladi, shu bois ham asosiy  maqsadimiz ham hamkorlar va mijozlarni sohadagi eng yaxshi yechimlar bilan tanishtirib, ularga yanada yaqin bo‘lishdir”, - dedi Mixail Tsyplakov. - Ayni paytda biz yaxshi narxdagi sifatli uskuna bilan bir qatorda keng turdagi xizmatlar va mahsulot assortimentini, bundan tashqari, moddiy narsalardan ustun turadigan muhim jihatlar, ya'ni barqarorlik va xavfsizlikni taklif qilmoqdamiz”.

Shundan so‘ng hamkorlar CA Distribution Company kompaniyasiga muvaffaqiyat tilab, uni yangi faoliyat bilan tabriklashdi, shuningdek, mehmonlar va potensial mijozlarni axborot texnologiyalari bozoridagi asosiy IT-yangiliklar va trendlar bilan tanishtirishdi.

Tabriklar marafonini birinchi bo‘lib Cisco kompaniyasining buyurtmachilar bilan ishlash bo‘yicha menejyeri Nargiza Kushakova boshlab berdi.

Cisco – insonlar o‘rtasidagi muloqot, aloqa va hamkorlikdagi faoliyat usullarini o‘zgartiradigan tarmoq yechimlari bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniya.

Dell EMC kompaniyasining Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Nurlan Sadikov ham so‘zga chiqib, iliq so‘zlar bilan yangi kompaniyaga muvaffaqiyat tiladi.

Dell EMC – server va MST bozorida yetakchi, buyurtmachilarga kliyent tizimlaridan boshlab data-markaz va bulut texnologiyalarigacha bo‘lgan keng turdagi innovatsion yechimlarni taklif etadi.

Tabriklarga HP kompaniyasining Sharqiy Yevropa bo‘yicha distributsiyaga mas'ul menejyeri Aleksandr Jyelezkov ham qo‘shilib, texnologiyalarning dunyoga yangicha qarashdagi muhim ahamiyati haqida ham so‘zlab berdi.

HP missiyasi – har yerda va barcha uchun hayotni yaxshilashga xizmat qiladigan, shuningdek, ish, o‘yin va turmushga yangicha yondashishga turtki beradigan texnologiyalarni yaratish.

CA Distribution Company – HP, Canon, Lenovo va boshqa jahondagi yetakchi brendlardan IT-uskuna, IT-yechimlar va xizmatlarni yetkazib beruvchi distribyutor.

Transport va logistika yo‘nalishidagi yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik tufayli yuklar kafolatlangan muddatlarda yetkazib beriladi.

CA Distribution Company har bir mijozga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va individual yondashuvni kafolatlab, biznesingizga yangi cho‘qqilarni zabt etishga yordam beradi.

Kompaniyaning asosiy qadriyatlari: professionalizm, mas'uliyat, barqarorlik, samaradorlik va ishonch.

Biz sizning ishonchli hamkoringizga aylanamiz!

E-mail: info@ca-dc.uz

Reklama huquqi asosida

Top