09:02 / 09.05.2019
11007

Tramp Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

Foto: AP Photo/Evan Vucci, File

AQSh prezidenti Donald Tramp 8 may kuni Eronda metall qazib olish va ishlab chiqarishga qarshi sanksiyalar haqidagi farmonni imzoladi.

Cheklovlar Eronda temir, po‘lat, alyuminiy va mis ishlab chiqarishga taalluqli bo‘ladi.

Sanksiyalar eronlik ishlab chiqaruvchilar va metall ishlab chiqaruvchi korxonalar egalariga, Eron metali bilan savdo qiluvchilarga qarshi qaratilgan. Ularning AQSh yurisdiksiyasidagi aktivlari AQSh moliya vazirligi tomonidan bloklanishi mumkin.   

Shuningdek, Eronga yuqoridagi metallarni qazib olish va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar va qurilmalarni yetkazib berish taqiqlanadi. 

Keyinroq Tramp yangi sanksiyalar Eron eksportining 10 foizga yaqinini qamrab olishini ma'lum qilgan.

Top