11:24 / 11.05.2019
9581

Aeroport va vokzallarda taksi xizmatlarini tartibga solish taklif qilindi

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida aeroport va vokzallarda taksi xizmatlarini tartibga solish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Bildirilishicha, xorijiy sayyohlar yurtimizga kelib, aeroport yoki vokzallardan chiqqanida juda xunuk holatlar ko‘zga tashlanadi. 

“Ko‘plab haydovchilarning mehmonlarni o‘rab olib, ulardan qayoqqa borishlarini so‘rab, yuklarini tortib ketishlari kabi salbiy holatlar tashrif buyuruvchilarni noqulay ahvolga solib qo‘yadi”, - deb yozadi murojaat muallifi. 

Shu bilan birgalikda, aksariyat taksi xizmatlari talab darajasida bo‘lmay, sifatsiz xizmat ko‘rsatishadi. Bunday holatlar respublikaga tashrif buyuruvchilarda yomon taassurot qoldirishi, uning imidjiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi tabiiy.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, vokzal va aeroportlarning chiqish joylarida faqat litsenziyaga ega taksi xizmatini yo‘lga qo‘yish kerak”, - deya yakunlanadi petitsiya.

Top