19:53 / 11.05.2019
13706

AQSh Hindistonga dastlabki Apache vertolyotini yetkazib berdi

Foto: Sputnik / Sergey Melkonov

Hindiston harbiy-havo kuchlari AQSh bilan 2015 yilda tuzilgan shartnomaga ko‘ra yetkazib berilishi lozim bo‘lgan 22 dona AH-64E Apache vertolyotidan dastlabkisini oldi, deb yozadi Times of India gazetasi.

Hindiston HHKning yuqori lavozimli amaldorlaridan biri ushbu voqeani "mamlakat harbiy-havo kuchlari vertolyot parkini modernizatsiya qilishdagi muhim qadam" deb atadi.

Hindistonga ushbu vertolyotlarning birinchi partiyasi iyulgacha, qolgani esa 2020 yil martgacha yetkazib berilishi kutilmoqda.

Hindiston armiyasi rahbariyati uzoq yillardan buyon Amerika vertolyotlariga qiziqayotgan edi.

Top