17:19 / 11.05.2019
17687

«MYu» qiziq sabab bilan de Ligt transferidan voz kechgan

Foto: Getty Images

«Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt o‘tgan yilning yozida «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin bo‘lgan.

Mirror nashri xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» amsterdamliklar klubining yosh sardoriga jiddiy ravishda qiziqishgan va ayni vaqtda transfer qiymati 70 million yevroga baholanayotgan futbolchini o‘sha vaqtda arzonroq narxga qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan. Ammo o‘shanda inglizlar klubi skaut Marselyu Butuning tavsiyasi bilan kelajakda semirib ketishi mumkin bo‘lgan yosh futbolchini transfer qilmaslikka qaror qilgan.

De Ligt joriy mavsumda «Ayaks» safida barcha turnirlar doirasida 53 uchrashuvda maydonga tushgan, 7 gol urib 4 golga uzatma bergan. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan. Unga «Yuventus», «Bavariya» va «Barselona» klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjud.

De Ligt «Ayaks» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub tizimiga 10 yoshida kelgan va asosiy tarkibda 16 yoshidan maydonga tusha boshlagan.

Top