12:39 / 12.05.2019
10065

Janubiy Koreya 2024 yilga kelib harbiy biorobotlardan foydalanmoqchi

Foto: Depositphotos

Janubiy Koreya 2024 yilga kelib hayvonlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlarga o‘xshash harbiy robotlarni amaliyotga joriy etishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Ryonhttps://www.yna.co.krxap agentligi.

Qurol-yarog‘lar sotib  olish agentligining loyihasiga ko‘ra, qurollanish tizimiga ko‘rinishi va harakatlari jonivorlarnikiga o‘xshash robotlar qo‘shiladi. Agarda reja amalga oshsa, inson, sudralib yuruvchilar, hasharot va dengiz jonivorlari ko‘rinishidagi robotlar 2024 yildan qo‘llanila boshlanadi.

"Biorobotlar kelgusidagi urushlar  qoidalarini o‘zgartiradi, ular bilan bog‘liq texnologiyalar esa mudofa sanoatiga ulkan o‘zgarishlar olib keladi", deydi qurol-yarog‘lar sotib  olish agentligi vakili. 

Bu robotlardan qidiruv-qutqaruv va razvedka operatsiyalarida ham foydalanish ko‘zda tutilgan.

Top