09:50 / 14.05.2019
14304

«Manchester Siti» yevrokuboklardan chetlatilishi mumkin

Foto: REUTERS

UYeFAning moliyaviy nazorat bo‘yicha tergov palatasi «Manchester Siti»ni moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda ayblab, klubni yevrokuboklardan chetlashtirishi mumkin, deb xabar tarqatdi The New York Times.

Manbada keltirilishicha, tergov palatasi rahbari «shaharliklar»ning bir mavsumga yevrokuboklardan diskvalifikatsiya qilinishini talab qilib chiqmoqchi.

Angliya chempioni 2014 yilda ham moliyaviy feyr-pley qoidalari bilan bog‘liq muammoga duch kelib, 49 mln funt jarima to‘lagan edi. Hozir esa klub o‘sha ish ko‘rib chiqilayotgan vaqtda noto‘g‘ri ma'lumot taqdim etganlikda gumonlanmoqda. Shuningdek, «Siti»ga nisbatan homiylik shartnomalarining qiymati borasida yolg‘on axborot berish ayblovi ham ilgari surilgan.

O‘z navbatida, «Manchester Siti» barcha ayblovlarni rad etayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, UYeFA mart oyida Manchesterning ushbu klubi ustidan tekshiruv boshlaganini e'lon qilgan edi.

Top