10:04 / 16.05.2019
12546

Termiz garnizonida harbiy qismlarning jangovar shayligi tekshirilmoqda

Qurolli Kuchlar Bosh shtabi tomonidan Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlarda bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligi to‘satdan tekshirish bo‘yicha inspektorlik mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

14 may kuni ertalabki saharda berilgan “Trevoga” signalidan so‘ng, garnizonda joylashgan harbiy qism va muassasalar yuqori jangovar shaylik holatlariga keltirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mashg‘ulotlarning dastlabki bosqichida garnizon hududidagi harbiy obektlarni qo‘riqlash va himoya qilish rejimi kuchaytirilib, bo‘linmalarning harbiy texnikalarda “Termiz” poligoniga chiqib ketishi ta'minlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Poligonga chiqqan bo‘linmalar mobil boshqaruv punktlarini yoyib, ishga tushurdi. Tekshiruv davomida harbiy xizmatchilarning taktik tayyorgarligi, topografiya, maxsus tayyorgarlik, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish va boshqa fanlar bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazilishi boshlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bir necha kun davom etadigan to‘satdan tekshiruvni o‘tkazishdan maqsad batalon taktik guruhlarining jangovar shayligi, harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi, harbiy texnika va qurol-aslahalardan unumli foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari sinaladi.

Top